"AZURIT BETON SERVIS" MCHJ
Bizning "Azurit beton servis" mas'uliyati cheklangan jamiyatimiz 2017 yilda tashkil topgan bo'lib, bosh ofisimiz Toshkent shahar Bektemir tumani Ziyonur ko'chasida joylashgan. Korxonamiz har xil turdagi temir-beton buyumlar ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan bo'lib, uning tarkibida 4 ta yirik ishlab chiqarish sexi faoliyat yuritadi. Biz barcha sifat standartlariga javob beradigan keng turdagi mahsulotlarni taklif etamiz.
Korxonamizning reytingi mijozlarning mahsulot sifati bo'yicha qoniqarli fikrlari nuqtai nazaridan sezilarli yutuqlarga erishdi va bu, shubhasiz, korxonamiz marketing salohiyatining ravnaq topishiga olib kelmoqda hamda bizning o'rnimizni mamlakatimizning temir-beton mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari ro'yxatida yuqoriroq joylashtirmoqda.
Korxonamiz ichki bozorda 7 yildan beri muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Biz shaxarsozlik sohasida ko'plab yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qilamiz. Mamlakatimizning barcha hududlarida buyurtmachilarimizni sifatli temir-beton mahsulotlari bilan muntazam ta'minlab kelmoqdamiz.